So’nggi yangiliklar

09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0

19 iyu 17:44
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC’ning engil vazn toifasi tarixidagi eng “buyuk” jangchi kim?

Teglar :  Islam MaxachevUFC
Taniqli UFC jangchilari ushbu savolga javob berishdi va biz o'z o'rnida javoblarni tahlil qilib ko'rdik.

O'tgan hafta CHarlz Oliveyra Islam Maxachevga qarshi chempionlik jangi uchun potencial raqib sifatida baholangan Benil Dariushni taslim etgandi. SHundan so'ng UFC tarixidagi engil vazn toifasida eng zo'r jangchi kim degan savol yana kun mavzusiga aylandi. 

“CHarlz Oliveyra engil vazn toifasidagi eng yaxshi jangchiga aylangani haqida gap-so'zlar boshlanmoqda. Men bu fikrlarga qo'shilaman. Odamlar Xabib biror marta ham mag'lub bo'lmaganligini aytishlari mumkin, biroq Oliveyra ko'plab jihatlarda ustun. Masalan, himoya, hujum va bonuslar. U albatta, oliy unvonga davogar bo'lishi kerak. Bundan tashqari CHarlz mag'lubiyatlardan keyin bir necha marotaba qayta oldi. Tez orada Oliveyra Maxachev bilan yana jang qiladi”, dedi Aljaymen Sterling. 

“Oliveyrani tarixdagi eng yaxshi jangchilardan deyish mumkinmi? Menimcha, ha. Raqamlar yolg'on gapirmaydi. Raqiblar bilan muomala qilish uslubiga qaraganda va uning yana chempionlikka davogar ekanligini inobatga olsak, eng yaxshi engil vazn sportchisi bu – CHarlz Oliveyra. Lekin Islamni ham unutmaslik lozim. Agar u yana CHarlzni taslim etib, 6 yoki 7 marta chempionlik kamarini himoya qilsa, so'zsiz unga buyuklik maqomi berilishi kerak”, deydi Genri Sexudo. 

“CHarlz ajoyib jangchi, ammo siz 9 ta mag'lubiyat bilan eng zo'ri bo'la olmaysiz. Ayniqsa, Xabib kabi mag'lub bo'lmagan va hech qanday jarohat olmagan jangchi bilan bir vaznda bo'lsangiz”, deya o'z fikrlarini bildirgan taniqli menejer Ali Abdulaziz. 

Umuman olganda, u yoki bu sportchiga “eng buyuk sportchi” maqomini berish o'ta subektiv narsa, sababi buyuklikning aniq mezonlari yo'q. Xabib Nurmagomedov uchta eng yuqori pog'onadan muvaffaqiyatli o'tib, umuman mag'lub bo'lmadi. Xo'sh, uni “buyuk” deb atash mumkinmi?! Ha, lekin UFC’da 13 ta jang o'tkazish bu etarli natija emas, deydiganlar ham bor. Dastin Pore va Jastin Getji undan ko'proq jang o'tkazgan, balki ularni “buyuk” deb atash kerakdir. SHoshmang, bu ikki jangchini ham Oliveyra muddatidan avval “er tishlatgan”, shunda CHarlz ”buyuk”mi? SHu bilan birga uning o'zi 9 marotaba mag'lubiyat alamini tatib ko'rgan, bu natija “buyuklik”ka davo qiladiganlar uchun juda ko'p ko'rsatkich.

Oliveyraning xizmatlarini etiborsiz qoldirmaslik lozim. U ajoyib jangchi nafaqat oktagonda, balki ko'plab reklamalarning asosiy “yuzi” hisoblanadi. Braziliyalik jangchi UFC’da ko'plab rekordlar va bonuslar bo'yicha etakchi. Biroq ayni dam Oliveyraga munosib qarshilik ko'rsata oladigan jangchilar borligida uni “buyuk” deyish qanchalik to'g'ri? 

CHarlz tarixdagi eng yaxshi jangchilar reytingi tuzilganida balki uchlikka kirar, lekin etakchi bo'la olmaydi. Uning karerasida etarlicha bo'shliqlar bor. Xulosa qiladigan bo'lsak, Xabibda bo'shliqlar deyarli topilmaydi. Maxachevni ham yoddan chiqarmaslik shart. To'g'ri, uni hali eng “buyuklar” ro'yxatiga kiritishga erta, ammo u bu unvonga tobora yaqinlashib kelmoqda...

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing