31 mar 19:18
Yangiliklar

UFCning sobiq jangchisi: "Petr Yan Marlon Veraga qarshi - bu ideal jang"
"Petr Yan va Marlon Vera - ajoyib jang. Menimcha bu jang tashkillashtirilishi kerak. Ikkisi ham jangga mag'lubiyat bilan borishadi. UFCda kuchli o'nlikdagi jangchilaringizdan biriga g'oliblikni berishingiz kerak, shu orqali u reytingda yuqoriroqda bo'ladi. Ammo Petr u bilan jang qilmoqchi emas. U istalgan vaqtda teykdaunlar, zarbalarni to'xtatib qolish, doimo yuqorida bo'lish bilan raqibiga salobatli ko'rina oladi. Bunday holat Joze Aldo bilan bo'lgandi. Biroq u hozir etiborini boksga qaratgan.
Ikkovida bir muammo bor - startni sekin boshlashadi. SHu sababli jang 5 raundgacha ham cho'zilishi mumkin. Balki uch raundgadir. Ularga shunday deyish kerak: ushbu ikki jangchidan biri vazn toifasidagi eng yaxshilardan biri va ikkisi ham jangni sekin boshlaydi. Ikkingizdan biringiz balki, 9-raundga borarsiz. Balki mag'lubiyat sizlarni kuchli o'nlikdan tushirib yuborar", - dedi Tompson.
Fikrlar