12 fev 19:10
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/322571_220.jpg)
UFC'ning umumiy jangchilar soni bo'yicha malumot berildi. Eng ko'pi engil vaznda - 102 nafar!
Dunyoning eng kuchli aralash yakkakurash Ligasi hisoblangan UFC promoushenining ayni paytdagi jangchilari soni bo'yicha malumot taqdim etildi.
Bugungi kunda 8 ta erkaklar, 3 ta ayollar vazn toifalarida jami 647 nafar aralash yakkakurash ustasi bugungi kunda o'z janglarini o'tkazib kelyapti. Eng ko'p jangchilari engil vazn toifasida jam bo'lgan - 102 nafar! Aksincha, eng kami esa og'ir vaznda bo'lib, jami 30 nafarni tashkil qilmoqda. Engil vaznda Islam Maxachev, og'irida esa Jon Jons amaldagi UFC chempioni bo'lib turibdi.
UFC jangchilarining vazn toifasi bo'yicha taqsimoti:
Og'ir vazn: 30 jangchi
Yarimog'ir vazn: 40
O'rta vazn: 68
Yarimo'rta vazn: 89
Engil vazn: 102
Yarimengil vazn: 85
O'ta engil vazn: 84
Eng engil vazn: 50
Ayollar engil vazn: 32
Ayollar o'ta engil: 45
Ayollar birinchi o'ta engil: 49
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar