13 iyu 15:54
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon-2026 turnirining mukofot jamg'armasi rekord darajaga etdi
Joriy mavsumda o'tkaziladigan "Katta dubulg'a" tasnifidagi Uimbldon turnirining umumiy mukofot jamg'armasi rekord darajadagi 74 million evroga etdi.
Tashkilotchilar malum qilishicha, bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan 20 foizga oshgan.
Yakkalik bahslarida chempionlikni qo'lga kiritgan tennischilar 3,6 million funt sterling (taxminan 4,1 million evro) miqdorida mukofot puliga ega bo'ladi. Finalga chiqqan sportchilar esa 1,8 million funt sterling (qariyb 2,1 million evro) ishlab oladi.
Mavsumning uchinchi «Katta dubulg'a» turnirining asosiy to'r bahslari 29 iyun kuni start oladi va 12 iyul kuniga qadar davom etadi. Unda mamlakatimizning birinchi raqamli raketka ustasi Kamilla Rahimova ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : Матч ТВ
Fikrlar