05 iyu 09:17
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon. Arina Sobolenko Emma Radukanuni taslim etdi
Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining to'rtinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Belaruslik tennis malikasi uchinchi bosqichda WTA reytingida 40-o'rinni egallab turgan britaniyalik Emma Radukanuni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(6), 6/4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0.
Ikki soatu bir daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennis malikasi ham 4 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Emmada ko'proq bo'ldi - 3 ga 1. Sobolenko 4, Radukanu 3 ta breykdan foydalangan. Endi Arina Sobolenko to'rtinchi davrada belgiyalik Elize Mertensga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar