14 iyu 11:15
Yangiliklar

Uimbldon. Ayollar o'rtasidagi juftlik turnirida g'olibalar aniqlandi
Hal qiluvchi final uchrashuvida rossiyalik Veronika Kudermetova va belgiyalik Elize Mertens hamkorligi Xitoy Taypeyi vakioasi Se Su-Vey hamda latviyalik Alyona Ostapenko juftligini uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 3/6, 6/2, 6/4.
Qizig'i, bo'lajak chempionlar uchinchi setda 2/4 hisobida ortda qolishayotgandi. Final bahsi 2 soatu 23 daqiqa davom etgan. Kudermetova/Mertens tandemi 4 ta eys, 7 ta breykka erishib, 3 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Kudermetova faoliyatida ilk bor "Katta Dubulg'a" sovrinini qo'lga kiritdi. Mertensda bunday sovrinlar soni 5 taga etdi. CHempionlar 2000 reyting ochkosi hamda 680 000 funt sterlingga ega chiqishdi. Se va Ostapenko esa 1300 ochko hamda 345 000 funt mukofot pulini qo'lga kiritishdi.
Fikrlar