01 iyu 14:00
Yangiliklar

Uimbldon. Dunyoning birinchi raketkasi boshladi
Umumiy mukofot jamg'armasi 38 million 828 ming funt sterling (taxminan 53 mln dollar)ni tashkil etuvchi musobaqaning ayollar o'rtasidagi bahslarida Arina Sobolenko muvaffaqiyatli start oldi. Dunyoning birinchi raketkasi birinchi davrada WTA reytingida 194-pog'onada borayotgan kanadalik Karson Brenstinni 6/1, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Etmish to'rt daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 3, Brenstin 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar okean orti vakilasida ko'proq bo'ldi 4 ga 3. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik esa Arina tomonida - 3 ga 0! Endi belaruslik tennischi ikkinchi bosqichda Mari Bouzkovaga qarshi kortga chiqadi. CHexiyalik tennischi birinchi davrada Yangi Zelandiya vakilasi Lulu Sundan ustun keldi - 6/4, 6/4.
Fikrlar