11 iyu 08:44
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon. Iga Cvyontek ortiqcha qiyinchiliksiz finalga chiqdi
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Iga Svyontek Londonda davom etayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining ilk finalchisiga aylandi.
Polshalik tennis malikasi 1/2 finalda WTA reytingida 35-o'rinni egallab turgan shvnycariyalik Belinda Benchichni deyarli "suxoy" bilan mag'lub etdi - 6/2, 6/0. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Iga oldinda bormoqda - 5:1.
Etmish bir daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 2 ta eys, 5 ta breykni amalga oshirib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Iga faoliyatida oltinchi bor "Katta Dubulg'a" turnirlarining finalida o'ynaydi. Uning hisobida 5 ta "Katta Dubulg'a" sovrini bor. Lekin hali "Uimbldon"da chempion bo'lmagan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar