10 iyu 11:32
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon. Novak Jokovich 1/2 finalda
Dunyoning oltinchi raketkasi Novak Jokovich "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining yarim finaliga yo'l oldi.
Serbiyalik tennis afsonasi 1/4 finalda ATP reytingida 24-o'rinni egallab turgan italiyalik Flavio Kobollini qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 6/7(6), 7/5, 6/4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0.
Uch soatu 13 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 13 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik Novak tomonida bo'ldi - 6 ga 2. Jokovich faoliyatida 14-bor Uimbldon turniri 1/2 finalida o'ynaydi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar