29 noy 11:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Ukrainalik mashhur bokschi Madrimov - Bogachuk jangiga taxmin bildirdi
Yarimo'rta vazn vakili Karen CHuxajyan (24-3, 13 KO) hamyurti Sergey Bogachuk (24-2, 23 KO) va sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov (10-1-1, 7 KO) o'rtasidagi jang haqida gapirdi.
"Fikrimcha, Sergey Madrimovga qarshi jangda yaxshi imkoniyatga ega. Umuman olganda, uslubiy jihatdan bu juda qiziqarli jang bo'ladi. Bu bahsni juda intiqlik bilan kutyapman. Sergeyga ustunlik beraman.
Imkoniyatlar Sergeyda biroz ko'proq. Bu uning bosimi tufayli. Madrimov bu bosimga qanday munosabatda bo'lishini hali ko'rishimiz kerak", dedi CHuxajyan.
Eslatib o'tamiz, Isroil Madrimov va Sergey Bogachuk o'rtasidagi jang 21 dekabr kuni Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : ua.tribuna.com
Fikrlar