29 iyu 10:39
Yangiliklar

Ulaanbaatar Grand Slam 2025. O'zbekiston kuchli to'rtlikdan joy oldi
Uch kunlik musobaqa yakunlariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida 4-o'rinni egalladi. O'zbekiston davlat madhiyasi Mo'g'uliston zaminida yangradi.
Abdurahim Nutfulloev (-66 kg) Ulaanbaatar Grand Slam 2025 chempioniga aylandi. Bu bilan u musobaqaning kichik shov-shuvi sababchisi bo'ldi. Bu uning Grand Slam turkumiga kiruvchi turnirlardagi ilk medali edi. Hal qiluvchi final bahsida jahon reytingi peshqadamlaridan biri, Parij-2024 Olimpiadasi bronza medali sovrindori Denis Vieru (Moldova) ustidan g'alabaga erishdi. Bu muvaffaqiyati, yani qo'lga kiritilgan 1000 ochko evaziga yangilangan jahon reytingida 64-pog'onadan 29-o'ringa ko'tarilib oldi.
Umar Bozorov (-90 kg) — Ulaanbaatar Grand Slam 2025 turnirining kumush medaliga sazovor bo'ldi. U yarim finalda ajoyib kambek evaziga rossiyalik Edilsultanovni mag'lubiyatga uchratdi. Finalda dzyudo vatani vakiliga imkoniyatni boy berdi. Bozorov 700 ochko sabab reytingda 23-o'ringa yuqoriladi.
O'tkirbek To'raboev (+100 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda rossiyalik raqibga yutqazib, musobaqani kuchli beshlikda yakunladi.
Fikrlar