27 iyu 10:58
Yangiliklar
Dzyudo

Ulaanbaatar Grand Slam. Har ikki dzyudochimiz 1/2 finalda!
Ulan-Bator "Katta Dubulg'a" turnirining so'nggi kungi bellashuvlarida tatamiga chiqayotgan har ikki dzyudochimiz 1/2 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
-90 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Tbilisi Grand Slam g'olibi Umar Bozorov avvaliga mo'g'ulistonlik Dagvadorj Cerendulam, 1/4 finalda esa ruminiyalik Vlad Visanni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Endi Bozorov final yo'llanmasi uchun IJF bayrog'i ostida qatnashayotgan rossiyalik dzyudochi Ixvan Edilsultanovga qarshi bahs olib boradi.
+100 kg vazndagi polvonimiz O'tkirbek To'raboev esa 1/4 finalda tojikistonlik Mansur Rahmonni ippon bahosi evaziga engdi. Uning 1/2 finaldagi raqibi ham IJF bayrog'i ostida kurashayotgan rossiaylik Artyom Zolotuxin bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar