27 iyu 12:22
Yangiliklar

Ulaanbaatar Grand Slam. Umar Bozorov oltin, To'raboev bronza medali uchun tatamiga chiqadi
Quvonarlisi, bugungi murosasiz bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan har ikki dzyudochimiz kechki final dasturida musobaqa medallari uchun kurashish huquqini qo'lga kiritdi. -90 kg vazndagi Tbilisi Grand Slam g'olibi Umar Bozorov 1/2 finalda ajoyib kambek evaziga IJF bayrog'i ostida qatnashayotgan rossiyalik Ixvan Edilsultanovni ippon evaziga mag'lub etdi. Bozorov uchrashuv yakunlanishiga 6 soniya qolgan bir vaqtda yuko bahosi bilan yutqazayotgandi.
+100 kg vazndagi polvonimiz O'tkirbek To'raboev esa teng kurashlar ostida kechgan 1/2 finalda yana bir IJF bayrog'i ostida kurashayotgan rossiaylik Artyom Zolotuxinga imkoniyatni boy berdi. Endi u final blokida jahon reytingida 13-o'rinni egallab turgan rossiyalik Denis Batchaevga qarshi tatamiga chiqadi. Umar Bozorovning oltin medal uchun bellashuvdagi raqibi yaponiyalik Riku Okada bo'ladi.
Fikrlar