27 iyu 14:28
Yangiliklar

Ulaanbaatar Grand Slam. Umar Bozorov yaponiyalik dzyudochiga qarshi final bellashuvini o'tkazdi
Biz uchun ahamiyatlisi, terma jamoamizning -90 kg vazndagi dzyudochisi Umar Bozorov mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi ushbu musobaqaning oltin medali uchun yaponiyalik Riku Okadaga qarshi tatamiga chiqdi.
Ayni paytda 25 yoshli Bozorov jahon reytingida 47, 23 yoshli Okada esa 108-o'rinni egallab turibdi. Umar shu yil Tbilisi "Katta Dubulg'a" turniri g'olibi bo'lgandi. Bu hamyurtimizning uchinchi, dzyudo vatani vakili uchun esa birinchi Grand Slam musobaqasi edi.
Afsuski, reytingdagi ustunlikka qaramay, ushbu bellashuvda Bozorov dzyudo vatani vakiliga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Hamyurtimiz kumush medal bilan birga jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli 700 ochkoni ham qo'lga kiritdi.
Fikrlar