26 iyu 12:18
Yangiliklar
Dzyudo

Ulan-Bator “Katta Dubulg'a”. Davlat Bobonov finalda!
Ulan-Bator shahrida dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning uchinchi kun bellashuvlari davom etmoqda.
Hozirgina Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov o'zining uchinchi uchrashuvini ham g'alaba bilan yakunladi. -90 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz 1/2 finalda niderlandiyalik Van Noelni vazari bahosi evaziga mag'lub etib, hal qiluvchi finalga yo'l oldi.
Uning oltin medal uchun kechadigan final bellashuvidagi raqibi rossiyalik Mixail Igolnikov bo'ladi. IJF bayrog'i ostida kurashayotgan Igolnikov 1/2 finalda qozog'istonlik Didar Hamzadan ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar