So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

18 dek 19:00
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Ular 10 farzandning ota-onasi bo'lishni xohlaydilar. Tayson Fyuri muvaffaqiyatining siri yo'q, shunchaki uning rafiqasi Peris bor! (TAVSIYA QILAMIZ)

Teglar :  Tayson Fyuri
Uaylder bilan jangdan so'ng Fyuri g'alaba siri haqida gapirgan edi.

Aslida Taysonining muvaffaqiyatining hech qanday siri yo'q. SHunchaki, uning rafiqasi Peris bor!

CHempionning vafodor hamrohi

Tayson Fyuri - haftaning asosiy odami! U bir necha kundan so'ng Aleksandr Usik bilan jang qiladi. U butun faoliyati davrida - va xatto oldin ham, ayniqsa omadsizlikka uchragan chog'lari rafiqasi Peris uning yonida bo'lgan. Ularning hikoyasi Taysonga katta tasir ko'rsatgan maxsus syujetdir.

Tayson Fyuri va Peris o'smirlik chog'larida do'stlarining to'yida uchrashishgan. Qiz 15 yosh, bo'lajak boks yulduzi 18 yoshda edi. Bu bir qarashdagi sevgi emas edi, lekin bir yildan so'ng Peris Taysonni tug'ilgan kuniga taklif qildi. SHundan so'ng esa ular dam olish kunlarini birga o'tkaza boshladilar.

Fyuri kabi Peris ham irland ko'chmanchilarining qizi edi (odatda lo'lilar deb ataladi) va u 16 yoshga to'lganida ular uchrashishni boshladilar.

«U mening birinchi yigitim edi, chunki 16 yoshgacha hech kim bilan uchrasholmasdim. U men ko'rgan yagona erkak. Tayson butun hafta davomida boks zalida mashg'ulot o'tkazardi va dam olish kunlari biz uchrashardik. Men har doim uchrashuvimizdan xursand bo'lardim», - deb eslaydi qiz.

Peris 18 yoshga to'lganida ular turmush qurishdi. To'ydan 15 yil o'tdi va hozir er-xotin etti farzandni tarbiyalamoqda. Kenja farzand o'tgan yilning avgust oyida tug'ilgan va qizaloq o'lim bilan kurashayotgandi: chaqaloq - Afina reanimaciyaga yotqizilgan, Tayson Instagram foydalanuvchilaridan qizi uchun ibodat qilishni so'ragan edi.

Hayriyat, hammasi yaxshilik bilan tugadi, lekin Peris juda havotirda edi va u hali ham yana farzand dunyoga keltirishni xohlaydimi, yo'qmi. U shu haqida o'ylardi (dastlab er-xotin 10 nafar farzandli bo'lishni rejalashtirgan).

«Afina hozir yaxshi, lekin bu yaxshigina stress edi. Men buni yana boshdan kechirishni xohlamayman. Ammo, men hali ham bolalarim ko'p bo'lishi mumkin deb o'ylayman».

Biroq, Fyurining oilasi fojia bilan birinchi marta to'qnash kelib turgani yo'q. 2014 yilda, Fyuri Vladimir Klichkoni mag'lub etib, jahon chempioni bo'lishidan bir yil oldin, Peris farzandini muddatidan oldin dunyo keltirgandi. O'sha paytning o'zida Taysonning amakisi kasalxonada vafot etgandi.

«Men bu haqda hech qachon gapirmaganman, lekin rafiqam Peris hali olti oylik chaqaloqni dunyoga keltirdi. U tug'ilganda men o'sha erda bo'lishim kerak edi. Biz shifoxonaning bir bo'limida edik, amakim Xyui esa boshqa bo'limida dunyoni tark etdi. Bu 2014 yilning oxiri edi va men bularni unutishga o'zimni majbur qildim. Buni miyamdan chiqarib tashlashim kerak edi», - dedi Tayson.

Er-xotin 2015 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda yanada og'ir inqirozni boshdan kechirishdi. O'shanda Fyuri jahon chempioni bo'lgan va dahshatli tarzda tushkunlikka tushib qolgan - Tayson sportni tashlab, giyohvandlikka berilib, juda semirib ketgandi. Bu haqiqiy falokat edi, chunki bokschi bipolyar buzilishidan (ruhiy hastalik) aziyat chekadi va hatto o'z joniga qasd qilish haqida o'ylardi.

«Klichko bilan jangdan so'ng u deyarli tushkunlikka tushib qoldi. Ertasi kuni men nimadir noto'g'ri ekanligini tushundim. U hozirgidan boshqacha gapirdi, oddiy baxtli odamdek. Tayson boksga qaytmaydi shekilli deb o'ylardim, chunki u doimo takrorlardi: «Men hech qachon bundan ortiq yuqoriga ko'tarila olmayman».

U qattiq tushkunlikka tushdi va hayotning manosini ko'rmadi. Men Taysonga aytdim: «Sizda yashash uchun farzandlaringiz bor. Sizda biz bor, siz biz uchun yashashingiz kerak». Va u javob berdi: «Ammo men yashashni xohlamayman».

Men, uning otasi va akalari bir-birimizga qo'ng'iroq qilib: «Tayson bugun yaxshimi?» deb so'rardik. Biz doimo Tayson o'z joniga qasd qilishidan qo'rqib yashardik», - deb eslaydi Peris.

Vaziyat tobora yomonlashdi: Fyuri alkogol va giyohvand moddalarga qaram bo'lib qoldi, kechasi uyga kelmasdi, u qattiq tushkunlikka tushdi va aksariyat holatda ko'z yoshlari bilan qaytdi. Peris bunga chiday olmadi: u bolalarni olib, erini tashlab ketmoqchi edi, lekin u doim sabr qildi.

«Men har kuni ketishni xohlardim. Har kuni yig'lardim, azob chekardim va: «Bunga dosh berolmayman», deb o'yladim. Bir necha bor narsalarimni yig'ib, bolalarni mashinaga chiqardim.

Lekin men tushunib etdimki: «Biz sevganimizni tashlab ketamizmi? Biz ularga o'zini qutqarishiga yordam bermaymizmi? O'zini halok qilishiga ruxsat beramizmi?» Tayson meni va bolalarni hech qachon tashlab ketmagan va biz ham uni tark etmaganmiz. Biz birgamiz va buni bir jamoa bo'lib boshdan kechirdik», - deya tan oldi Peris.

Turmush o'rtog'i u bilan qoldi, Fyuri o'zini o'nglab oldi: bir kuni u Xellouin bayramidan keyin uyga keldi va to'satdan unga ichkilikdan voz kechayotganini aytdi. Va shundan beri hamma narsa yuqoriga ko'tarildi - Tayson depressiyani engdi va yana baxtli bo'ldi.

SHu hafta esa u Aleksandr Usikka qarshi uchta kamar uchun revansh jangini o'tkazadi. 


SARVINOZ RAXMONQLUOVA tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing