So’nggi yangiliklar

19:56Сафонов, Батраков , Захарян, Головин, Миранчук... Россия терма жамоаси Ўзбекистон билан ўйин учун қайдномасини маълум қилди 0 19:20Разамбек Жамалов тизза жароҳати сабаб Жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади 0 18:36Формула-1. Андреа Кими Антонелли— АҚШ Гран-приси ғолиби! 0 18:13Ёпиқ иншоотлар ва жанг санъатлари Осиё ўйинлари бу йил ўтказилмайди 0 17:28Ислам Махачев Пратес–Моралес жанги ҳақида фикр билдирди 0 16:40Осиё Кубоги-2027: Ўзбекистон МТЖ ўйинлари вақти маълум 0 15:47UFC 333: Рамазон Темиров Абу-Дабидаги жанги орқали қанча гонорар ишлаб олди? 0 15:06Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 14:31Брэндон Ройвал Рамазон Темировнинг мағлубиятига кескин муносабат билдирди 0 12:53Моуриньо "Реал"га "Барселона"ни мағлуб этишга ёрдам берган энг муҳим қарорни маълум қилди 0 12:17U19 жаҳон чемпионатида олти нафар боксчимиз финалга чиқди 0 11:26Мария Тимофеева «Guangzhou Open»ни ғалаба билан бошлади 0 10:36Маҳмуд Мурадов ва Муроджон Аҳмадалиев Рамазон Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди 0 09:45Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" Ироқда, "Нефтчи" Фарғонада ўйнайди 0 08:37Алишер Ғаниев Жаҳон чемпионатида бронза медалига сазовор бўлди 0

15 iyu 19:08
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Ular Olimpiadaga borishadi - Bahodir Jalolov!

Rio-2016 Olimpiadasiga yo'llanma olgan sportchilarimizni tanishtirishda davom etamiz.


Bugungi qahramonimiz boks bo'yicha mamlakatimiz terma jamoasi azosi, xalqaro toifadagi sport ustasi, Jahon Kubogi sohibi, jahon hamda Osiyo chempionatlari sovrindori, ko'plab xalqaro musobaqalar g'olibi Bahodir Jalolov.


Bahodir Jalolov – 1994 yilning 8 iyul kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida dunyoga kelgan. Qizig'i, boks bilan shug'ullanishni boshqalarga nisbatan biroz kechroq, aniqrog'i, 7-sinfda o'qib yurgan kezlari boshlagan. Etiborga molik jihati shundaki, Bahodir boksdan avval futbol bilan professional tarzda shug'ullangan. Lekin vaqt o'tishi bilan boksga bo'lgan qiziqish ustunlik qildi. Boksning ilk sir-asrorlarini CHirchiq olimpiya zaxiralari kollejida o'rgana boshladi. Bu borada unga mashhur bokschimiz 2000-yilgi Sidney Olimpiadasi bronza medal sovrindori, Osiyo chempioni Rustam Saidov hamda tajribali To'lqin Qilichev murabbiylik qilishdi. Birinchi katta musobaqasi 2009 yili Jizzaxda bo'lib o'tgan. O'shanda u yoshlar o'rtasidagi mamlakat chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan.


Kattalar o'rtasida uch karra O'zbekiston chempioni. 2013 yilda Toshkent shahrida bo'lib o'tgan musobaqada ilk marotaba kattalar o'rtasida O'zbekiston chempioni bo'lgan. 2014 yili Olmaliq, o'tgan yili esa Samarqand shahrida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatlarida ham barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, eng og'ir vazn toifasida yurtimizning eng kuchli bokschisi ekanligini isbotladi.

Faoliyatidagi birinchi xalqaro musobaqasi 2013 yili Bolgariyada bo'lib o'tgan. O'sha turnirda Bahodir Jalolov kumush medal bilan taqdirlangan. 2015 yili Rossiyada o'tkazilgan Jahon Kubogida shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Qatar poytaxti Doha shahrida tashkil etilgan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo'ldi. Rio-2016 Olimpiadasi yo'llanmasini esa shu yili Xitoyda o'tkazilgan Osiyo-Okeaniya mintaqasining licenzion musobaqasida qo'lga kiritdi. U finalgacha mag'lubiyatsiz etib borib, kumush medal hamda olimpiya o'yinlari chiptasiga ega bo'ldi. Etiborlisi, Olimpiya o'yinlarining tantanali ochilish marosimi o'tkaziladigan afsonaviy “Marakana” stadioni bo'ylab O'zbekiston bayrog'ini ko'tarib o'tishdek sharafli vazifa aynan bugungi qahramonimiz zimmasiga yuklatildi. SHiorim – faqat oldinga intil, ortga yo'l yo'q”, - deydi Bahodir Jalolov.


Biz barcha olimpiyachilarimiz qatori bokschimiz Bahodir Jalolovga ham Rio Olimpiadasida zafar yor bo'lishini chin dildan istaymiz.



Kamoliddin Alimov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing