So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

22 iyu 10:50
Yangiliklar

Sport kurashlari, Tokio-2020

Ular Olimpiadaga borishadi – Bekzod Abdurahmonov!

Rio-2016 Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi sportchilarimiz bilan tanishtirishda davom etamiz. Bu galgi qahramonimiz erkin kurash bo'yicha terma jamoamizning etakchi polvoni Bekzod Abdurahmonov.

Bekzod Abdurahmonov – 1990 yilning 15 mart kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Erkin kurash bo'yicha terma jamoa azosi. 2014 yil Toshkentda o'tkazilgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori. Dunyoning 100 dan ortiq davlatidan 800 nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan nufuzli musobaqada Bekzod bronza medalini qo'lga kiritgandi. XVII Osiyo o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi hisobiga dastlabki oltin medalni taqdim etgan.


– Bu mening Osiyo o'yinlaridagi birinchi ishtirokim va ilk oltin medalimdir, – deydi erkin kurashchimiz. – Prezidentimiz tomonidan yosh sportchilarga ko'rsatilayotgan ulkan etibor va g'amxo'rlik, oilam va yaqinlarimning muhabbati shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishimga kuch berdi.

Abdurahmonov o'tgan yili Qatarning Doha shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionati g'olibi bo'ldi. Ushbu turnirda yigirmadan ziyod davlatdan 200 nafardan ortiq tajribali polvon ishtirok etdi. Vazni 70 kilogrammgacha bo'lgan polvonlar musobaqasida xitoylik Xayvey Ling, yaponiyalik Takafumi Kojima, hindistonlik Parvin Rana, tojikistonlik Zelimxon Yusupov ustidan g'alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.

Bekzod 2012 va 2013 yillarda AQSHning Nyu-York shahrida o'tgan jahon birinchiligida 4-o'rinni egallagan. 2014 yilda Deyv SHulc xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnirda kumush medalni qo'lga kiritgan. 2015 yili Bokuda o'tgan Golden Gran-Pri turnirida g'olib chiqqan.


Joriy yilning may oyi boshida Turkiyaning Istanbul shahrida o'tgan Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi xalqaro turnirda Abbos Rahmonov bilan birgalikda Rio-2016ga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Musobaqaning vazni 74 kilogrammgacha bo'lgan polvonlar bellashuvida tajribali sportchimiz tailandlik Padipat Vantavong, latviyalik Alberc Yurchenko, avstriyalik Amirxon Visalimov, qirg'izistonlik Sayaqbay Yusupov va ispaniyalik Taymuraz Friev ustidan g'alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi va Olimpiadada qatnashish huquqiga ega bo'ldi.

O'tgan sport mavsumi oxirigacha 70 kg noolimpiya vaznida kurashib yurgan Bekzod joriy yildan vaznini o'zgartirdi.


Kuni kecha Germaniyaning Dortmund shahrida yakunlangan Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda iqtidorli sportchimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 74 kilogrammgacha bo'lgan polvonlar o'rtasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Bekzod uchinchi o'rin uchun bo'lgan bahsda greciyalik Oleg Mocalinni mag'lubiyatga uchratib, bronza medali bilan taqdirlandi.

Manbalar asosida Fazliddin SATTOROV tayyorladi

“NewsArena” gazetasining 2016 yil 22-sonidan olindi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing