So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

23 iyu 15:10
Yangiliklar

Kurash, Tokio-2020

Ular Olimpiadaga borishadi – Rustam Assakalov!

Rio-2016 Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi sportchilarimizni tanishtirishda davom etamiz. Bu galgi qahramonimiz yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Rustam Assakalov!

Rustam Assakalov – 1984 yil 13 iyul kuni tavallud topgan. Yunon-rum kurashi bo'yicha terma jamoa azosi. 85 kg vaznda musobaqalarda ishtirok etadi. 2013 yil Nyu-Dehli, 2015 yil Dohada o'tgan Osiyo chempionati g'olibi, 2014 yil Almati mezbonlik qilgan Osiyo chempionati kumush medali sohibi, Incheon-2014 Osiyo o'yinlari g'olibi.


– Men Osiyo o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rdim, – deydi yunon-rum kurashchisi Rustam Assakalov. – G'alaba qozonish oson kechmadi. Mamlakatimizda sportchilar uchun yaratilgan qulay sharoit, davlatimiz rahbari tomonidan ularga berilayotgan ulkan etibor va rag'bat bu yutuqda asosiy omil bo'ldi.

Qatarda o'tgan Osiyo chempionatining vazni 85 kilogrammgacha bo'lgan kurash ustalari bahsida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Rustam Assakalov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, Osiyo chempioni bo'ldi. U final bellashuvida qozog'istonlik Nursulton Tursunov ustidan g'alaba qozonib, oltin medalni qo'lga kiritdi.


O'tgan yili AQSHning Las-Vegas shahrida erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritdi. Bu natija uning Rio-2016 musobaqasida ishtirok etish huquqini berdi. U dastlab 2014 yilgi jahon chempioni, franciyalik Melonin Numonvidan ustun kelgan bo'lsa, navbatdagi bosqichda avstriyalik Amer Xrustanovichni, eronlik Habibulloh Axlagini, yarim finalda finlyandiyalik Rami Xietaniemini mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Finalda ukrainalik Jan Belenyukka imkoniyatni boy berib qo'ydi.


Qoidaga ko'ra, Olimpiada yo'llanmalari uchun kurash har bir yo'nalishda oltitadan vazn toifasida o'tkaziladi. Har bir vazn toifasida kuchli oltilikka kirgan sportchilar yo'llanmaga ega bo'ladi. Kumush medalni qo'lga kiritgani hisobga olinsa, Rustamning bu yutug'i ancha yuqori bo'ldi va u o'z-o'zidan kurashchilar orasida Rioga boradiganlar safiga kirdi.

Fazliddin SATTOROV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing