So’nggi yangiliklar

14:23Рамазон Темиров кейинги жангини қайси ойда ўтказиши мумкинлигини айтди 0 13:55«Формула-1» Баҳрайн Гран-приси мезбонлигини Малайзияга кўчирди 0 13:28Богдан Гусковнинг қиёфадоши АҚШда учта жиноят моддаси бўйича ҳибсга олинди 0 12:57Моуриньонинг асосий вазифаси маълум бўлди 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси “CAVA Beach Volleyball Championship” турнири ғолиби 0 11:54Svijany Open. Султоновнинг рейтингда ўзидан 213 поғона юқоридаги рақибга қарши баҳси бир сет давом этди 0 11:28Ўзбекистон - АҚШ тарихий матчи минимал устунлик билан якунланди. Накамура, Аронян, Каруана, Со сингари жаҳон юлдузлари бир неча бор мағлуб этилди 0 11:04Флик "Барселона" учун янги трансфер бўйича қарор қабул қилди 0 10:25Абдулазиз Холмирзаев Бокуда ўтказилаётган спорт курашлари бўйича U17 жаҳон чемпионатида дастлабки медалимизни келтирди 0 09:49Mubadala DC Open. Кудерметова дунёнинг 40-ракеткасини мағлуб этди 0 09:21Шара Буллет Нурсултон Рўзибоев ўрнига Пейж билан жанг қилишга тайёр 0 08:53Европа ассоциациялари ФИФАга бойкот эълон қилиши мумкин 0 08:18Ярим оғир вазнда ҳам UFC рейтинги янгилади: Богдан Гусков Топ-10`даги ўрнини сақлаб қолдими? 0 21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0

27 iyu 13:35
Yangiliklar

Tokio-2020

Ular Olimpiadaga borishadi – Yodgoroy Mirzaeva!

Olamsport.com sayti Rio-2016 Olimpiadasiga yo'llanma olgan sportchilarimizni tanishtirishda davom etadi.

Bugungi qahramonimiz boks bo'yicha mamlakatimiz terma jamoasi azosi, xalqaro toifadagi sport ustasi, o'zbek boksi tarixida ilk bor Olimpiadada ishtirok etadigan vakilamiz Yodgoroy Mirzaeva.


Yodgoroy Mirzaeva – 1996 yili Samarqand viloyatining Kattaqo'rg'on tumanida dunyoga kelgan. Boksdagi ilk murabbiyi Oybek Tojiev. Sport turiga qiziqish uni Samarqand olimpiya zaxiralari kollejiga etaklab keldi. U erda tajribali murabbiy SHarif Narziqulov qo'l ostida shug'ullanishni davom ettirdi. Ayni paytda Alisher Navoiy nomli Samarqand Davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetining birinchi bosqich talabasi. Ushbu sport turi bilan shug'ullana boshlaganiga hali ko'p vaqt bo'lmasada, qahramonimiz aytishga arzigulik yutuqlarga erishdi.


Aynan u o'zbek boksi tarixida Olimpiya o'yinlarining boks bahslarida ishtirok etuvchi birinchi ayol sportchiga aylandi. Yodgoroy ushbu tarixiy yo'llanmani shu yili Xitoyning Kuinan shahrida o'tgan Osiyo-Okeaniya mintaqasi saralash bahslarida qo'lga kiritdi. Bugungi kunda u terma jamoa murabbiyi Rahmatjon Ro'zioxunov qo'l ostida CHorvoq sport bazasida to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilyapti. U erda asosan umum jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratilgan. Tayyorgarlik kun tartibidan kuchga ishlash, jismoniy mashqlar, 10 km yugurish, yuqoriga chopish, kunora 500, 1000 metrga suzish kabi mashg'ulotlar o'rin olgan. Yodgoroyga terma jamoa azolaridan biri Tursunoy Rahimova, murabbiylardan Kamoliddin Mutalov, Dilmurod Hasanov yaqindan yordam berishyapti.


Orzuim – 31-Yozgi olimpiya o'yinlarida munosib tarzda ishtirok etib, o'zimdan yorqin taassurot qoldirishdir, - deydi bokschimiz. Biz olimpiadada ishtirok etuvchi barcha sportchilarimiz qatori Samarqand boks maktabi tarbiyalanuvchisi Yodgoroy Mirzaevaga ham chin manoda zafar yor bo'lishini, Braziliyadan yorug' yuz bilan qaytib kelishini tilaymiz.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing