13 avg 17:20
Yangiliklar

"Ular o'z maksimumlarini namoyish etishdi". Olimpiada chempioni qozog'istonlik bokschilarning ishtiroki haqida gapirdi
"Terma jamoamiz "oltin" yoki "kumush" qo'lga kiritishini juda istagandim. Qozog'iston doimo oltin qo'lga kiritib kelgan. Yigitlarni tanqid qilmoqchi emasman, ular o'z maksimumlarini namoyish etishdi. Barcha tayyorlangandi, formada edi.
Tokioda vaznlar 10 tadan 8 taga kamaydi. Bu - yana 2 ta oltin uchun imkoniyatimiz kamaydi deganidir. Terma jamoaga zaxira kerak. Bizda birinchi raqamli bokschilar bor - ularning ortida esa deyarli xech kim yo'q. Ko'pchilik prof ringga o'tmoqda. Yaxshi yoshlar bor, ammo ular kattalar boksiga moslashishi uchun vaqt kerak. Ularga engil vaznlarda ishonish mumkin, ammo o'rta va og'ir vaznlarda muammo bo'ladi", - dedi Eleusinov.
Eslatib o'tamiz, Eleusinov Rio Olimpiadasi finalida SHahram G'iyosovni mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritgandi.
Fikrlar