So’nggi yangiliklar

23:48Шукуржон Абдураҳимов ҳиндистонлик жангчини нокаутга учратиб, мағлубиятсиз юришини давом эттирди 0 23:35Mangu 2. Акбаржон Исломбоевнинг бразилиялик спортчига қарши жанги муддатидан олдин якунланди 0 22:34Муҳаммаджон Қурбонов Бразилия вакилини биринчи раунднинг ўзида мағлуб этди 0 22:17Мавлуд Тифиев Mangu 2 турнирида озарбайжонлик жангчини нокаут қилди 0 21:47Азизбек Темировни енгган Ирисбек Тиленов Тошкентда Фарид Алибабазадени ҳам мағлубиятга учратди 0 20:13Рамазон Темировнинг укаси Шоҳжаҳон Mangu 2 турнирида жанг қилди 0 19:36Достон Бозоров, Фурқатбек Ёқубов ва бошқа юлдузлар иштирокидаги Mangu 2 турниридан ОНЛАЙН 0 18:45АПЛнинг икки топ клуби "Реал" хавбеки Чуаменини нишонга олди 0 18:24Фомин Shymkent Challenger 50 турниридан неччи очко ҳамда пул мукофоти ишлаб олди? 0 18:03Чимаев кураш ва ММА фарқи ҳақида: "Олимпиада чемпиони гиламда мени ютиши мумкин" 0 17:42Санья-2026. Зелинская очиқ сувда сузиш баҳсларида иштирок этди 0 17:21"Манчестер Юнайтед" "Тоттенхэм" юлдузи учун "Ливерпуль” билан баҳслашади 0 17:00Oeiras Ladies Open. Полина Кудерметова финалда! 0 16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0

24 iyu 10:30
Yangiliklar

Dzyudo, Tokio-2020

Ular Rio Olimpiadasiga borishadi – Ranoxon Omonova

SHu yilning avgust oyida Braziliyada o'tkaziladigan 31-Yozgi olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilarimizni tanishtirishda davom etamiz. Bugungi qahramonimiz suzish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Ranoxon Omonova.

Ranoxon Omonova – xalqaro toifadagi sport ustasi, bir nechta xalqaro turnirlar g'olibi. 1994 yil 8 mart kuni Andijon shahrida dunyoga kelgan. Ilk murabbiyi Ravshan Omilov. Joriy yil u Qarshi Davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetini tamomlaydi.


Rio-2016 Olimpiadasi yo'llanmasini o'tgan yilning 2-3 noyabr kunlari Qatar poytaxti Doxa shahrida o'tkazilgan Gran-Pri turnirining 7-bosqichida qo'lga kiritgan. Vakilamiz 200 metr masofaga kompleks suzish bahslarida belgilangan meyorni bajarib, kuchli beshlikdan joy olgan edi.

Rano Omonova bu yilgi mavsumni ham yaxshi boshladi. U 21-25 yanvar kunlari oralig'ida Belgiyaning Antverpen shahrida o'tkazilgan xalqaro turnirning 400 metr masofaga kompleks usulda suzish musobaqasida marraga 4 daqiqayu 40.71 soniyada etib kelib, kumush medalga sazovor bo'ldi. Ayni paytda u olimpiya o'yinlari sovrindori Sergey Zabolotnov qo'li ostida mashg'ulot o'tkazyapti.

– SHu paytgacha 8 karra O'zbekiston chempioni bo'ldim. Medallarim soni 600dan oshdi. Braziliyadagi olimpiada men uchun faoliyatimdagi ikkinchi olimpiada bo'ladi. 2012 yili Londonda bo'lib o'tgan 30-Yozgi Olimpiya o'yinlarida yoshligim, keyin kuchli hayajon sabab ko'rsatkichlarim biroz pastroq bo'lib, 17-o'rindan joy egallagandim. Maqsadimi, Rio Olimpiadasida munosib tarzda ishtirok etishdir, - deydi Rano Omonova.


Reyting:    

Fikrlar

   
11 iyu 20:21:33
-MaN-UniteD-/10/
Раънохон Бразилияга ҳаяжонланмасдан боринг, омадиззи берсин))
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing