So’nggi yangiliklar

15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0

12 iyu 09:08
Yangiliklar

Dzyudo

Ular Tokioga borishadi: 2020 yilning eng yaxshi sportchisi Davlat Bobonov

“Ular Tokioga borishadi” loyihamizni davom ettiramiz. Bugun Sizlarga dzyudo bo'yicha jahon chempionati finalchisi Davlat Bobonovni yaqindan tanishtiramiz.

Davlat Husniddin o'g'li Bobonov 1997 yil 7 iyun kuni Navoiy viloyatida dunyoga kelgan. Birinchi murabbiyi Nurali Qobulov. Olimpiya o'yinlariga Ilias Iliadis qo'l ostida tayyorgarlik olib bormoqda.

Bobonov 2015 yildan terma jamoamizda turli musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilib kelmoqda. 2018 yilgacha -81 kg vazn toifasida ishtirok etib, 2016 yilgi Toshkent Gran-prisida, yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida g'alaba qozondi. 2017 yil Budapeshtda o'tgan jahon chempionatida ettinchi natijani qayd etgan.

2018 yildan -90 kg vazn toifasida kurashishni boshladi. Sal kam 2 yil yangi vaznga moslashish uchun ketdi va 2019 yilning ikkinchi yarmidan muvaffaqiyatlarga erisha boshladi. O'sha yilning noyabr oyida Osakada o'tgan “Katta dubulg'a” turniridagi kumush medaldan so'ng “ochilib ketdi” va ushbu vaznning etakchilari qatoriga kirib bordi.

2020 Dyusseldorf “Katta dubulg'a” turnirida g'alaba qozondi. SHuningdek, bir qator nufuzli musobaqalarda qayd etgan natijalari evaziga yurtimizda 2020 yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

2021 yil Toshkent “Katta dubulg'a” turnirida kumush medalga sazovor bo'ldi. SHundan so'ng Bishkekda o'tgan Osiyo chempionatida zafar quchdi. Roppa-rosa 1 oy muqaddam Budapeshtda o'tgan jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo'ldi.

Xalqaro dzyudo federaciyasi tomonidan elon qilingan reytingda -90 kg vazn toifasida beshinchi o'rin bilan Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma oldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing