23 mar 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA

"Ularning to'qnashuvi UFC o'tkazishi mumkin bo'lgan eng katta pullik jang"
Kolbi Kovington Konor Makgregorning navbatdagi raqibi haqida fikr bildirdi.
"MakGregor engil vazn toifasida chempionlik uchun kurashadimi yoki yo'qmi, bunga ishonchim komil emas. Menimcha, u Neyt Diaz bilan jang qiladi. Bu UFC o'tkazishi mumkin bo'lgan eng katta pullik jang.
Bu ularning trilogiyasi, to'g'rimi? Ular bu bobni yopishlari kerak. SHu bois, bu jang bo'lishi kerak, deb hisoblayman. Jang UFC uchun eng mantiqiy yakun bo'ladi.
Keyin, agar Makgregor chempionlik uchun kurashmoqchi bo'lsa, unda muammo yo'q. U chempionlik uchun kurasha oladi. Konor UFC'da katta nomga ega va ikki vazn toifasida sobiq chempion", — dedi Kovington.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar