25 iyu 16:11
Yangiliklar
Taekvondo
Ulug'bek Rashitov finalga chiqqanidan so'ng nimalar dedi?
Tokio Olimpiadasi finaliga yo'l olgan taekvondochimiz Ulug'bek Rashitov finalga yo'l olganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Nima deyishni bilmayapman, hayajon katta. Ikkinchi jangda koreyalik raqibimdan ustun keldim. Kichikligimda uni ko'rib huddi undek bo'lishni orzu qilardim.
Endi finalda ham o'zimni ko'rsatib, g'alaba qozonaman.
Raqiblarimning yoshi kattaligi? Aksincha, hozirda yoshlar g'alaba qozonishmoqda", - dedi Rashitov "Sport TV" kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Rashitov bugun soat 17:45 dan so'ng britaniyalik raqibga qarshi final jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar