So’nggi yangiliklar

18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0 12:31Али Абдель-Азиз АҚШ Президенти яхши кўрадиган икки жангчини айтди. Улар орасида россиялик ҳам бор! 0 11:59Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионатининг иккинчи кунги баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:26"Барселона" Араухонинг ўрнига ўринбосар топди 0 10:55Уайт Макгрегорнинг Дублиндаги ресторанига ташриф буюрди 0

17 avg 14:13
Yangiliklar

Taekvondo

Ulug'bek Rashitov: Maqsadim - ikki karra Olimpiada chempioni bo'lish!

Teglar :  Ulug'bek Rashitov
Tokio Olimpiadasi chempioni Ulug'bek Rashitov "O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni bilan taqdirlanganidan xabaringiz bor.

CHempion buning uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik izhor qildi. 

"Muhtaram Prezidentimizga sportga shu qadar ko'p vaqt ajratayotgalari uchun katta rahmat aytmoqchiman. SHu tufayli biz sportchilarda barcha sharoitlar bor va xalqaro musobaqalarda g'olib bo'lish uchun barcha imkoniyat mavjud. 

Davlatimiz rahbari tomonidan "O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni berilishi men uchun katta sharaf. Prezidentimizning qo'llab-quvvatlashi bilan har qanday marralarni zabt eta olamiz. 

Men O'zbekiston bayrog'ini yuqoriga ko'tarishga, madhiyamiz yangrashiga va xalqimizni xursand qilish uchun borimni beraman. Tokiodagi Olimpiadadan keyin O'zbekistonga qaytib kelganimizda yurtdoshlarimiz bizni ajoyib tantana bilan kutib olishdi. Menimcha, hech qaysi mamlakatda sportchilarni bunday kutib olishmagan. Buning uchun katta rahmat aytaman. Xudo xohlasa 2024 yil Parijdagi Olimpiadada ham oltin medalni olib kelishga vada beraman. 

Tokiodagi Olimpiada finali vaqtida ortimda xalqim, Prezidentim va oilam turganini his qildim. Parijdagi Olimpiadada barcha o'zbekistonlik sportchilarda oltin medal bo'lishini tilab qolaman. Yana bir bor katta rahmat", - deydi Ulug'bek Rashitov. 

O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing