25 iyu 06:32
        Yangiliklar	
	
				
				    Taekvondo, Tokio-2020			    
				
				
			
				Ulug'bek Rashitov Olimpiadani g'alaba bilan boshladi!
Tokio shahridagi Olimpiadada taekvondo bo'yicha bahslar ham start oldi. 
			Bugun musobaqaning birinchi kuni doirasida -68 kg vaznli hamyurtimiz Ulug'bek Rashitov ilk bosqichda Mali vakili Seydu Fofanaga qarshi bahs olib bordi.
Qizg'in kechgan bahsda hamyurtimiz 38:17 hisobida g'alaba qozonib, ikkinchi bosqichga yo'l oldi.
Endi u birozdan so'ng ikkinchi bosqichda taekvondo vatani vakili, vazn toifasining birinchi raqamli sportchisi hisoblangan koreyalik raqibga qarshi bahs olib boradi.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar