So’nggi yangiliklar

08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

04 sen 15:41
Yangiliklar

Taekvondo

Ulug'bek Rashitov: "Yaponiyadagi gran-prida maksimal natija ko'rsatishga harakat qilaman"

13-15 sentyabr kunlari Yaponiyada taekvondo bo'yicha CHiba-2019 Gran-prisi bo'lib o'tadi.

Bu musobaqada shu yilning iyul oyida Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi 10-Osiyo chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan Ulug'bek Rashitov ham ishtirok etadi. O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi matbuot xizmati 2002 yilda tug'ilgan sportchi bilan suhbatlashdi.  


- Taekvondoga kirib kelish qanday bo'lgan? 

- Yoshligimda Bryus Li ishtirokidagi filmlarni ko'p tomosha qilardim. 2008 yilda dadam meni taekvondoga berishga qaror qilgandi. SHu tariqa ushbu sport turi bilan shug'ullanishni boshladim. 


- Birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan? 

- Mening birinchi murabbiyim Xan Pavel Afanasevich. U doim meni qo'llab-quvvatlab keladi. Yaxshi va yomon kunimda yonimda bo'lgan. Murabbiy sifatida juda ham qattiqqo'l.  


- Taekvondoning aynan nimasi sizga yoqadi? 

- Buni so'z bilan tariflab bera olmayman. Bu har kungi odatimga aylanib ulgurgan. 


- Kumiringiz kim? 

- Men o'zimga o'zim kumirman. 


- Siz asta sekin o'smirlar darajasidan kattalar darajasiga o'tayapsiz. Ular o'rtasida qanday fark bor? 

- O'smirlar o'rtasidagi musobaqalar nisbatan osonroq. Kattalar o'rtasidagi musobaqalarda esa raqiblar jismoniy jihatdan kuchliroq va anchayin tajribali. 


- Sentyabr oyida Yaponiyadagi Gran-prida ishtirok etasiz. Bu musobaqadan nima kutayapsiz? 

- Yaponiyadagi Gran-prida maksimal natija qayd etishga harakat qilaman.


O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing