27 fev 08:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Ulug'bek Sobirov Misrda 10 raundlik jang o'tkazdi
Xabar berib o'tganimizdek, professional bokschimiz Ulug'bek Sobirov kecha Misrda o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
Ushbu bahsda hamyurtimizga tanzaniyalik Tava Kassim raqiblik qildi. Jang 10 raundga mo'ljallangandi va to'liq davom etdi.
Unga ko'ra, bokschimiz ochkolar evaziga g'alaba qozondi va professional faoliyatidagi 11-g'alabasiga erishdi.
SHu tariqa, Sobirovning prof boksdagi janglari soni 12 taga etdi. U janglarining 11 tasida g'alaba qozongan bo'lsa, (6 ta nokaut), 1 marotaba imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar