29 iyu 20:25
Yangiliklar
Umar Kremlyov: "Sport amaldorlari sportchilarning egalari emas. Atletlardan bayroqni olib qo'yish ularni kamsitish bilan teng"
«Sport mutassaddilari sportchilarning egalari emas, balki sportchilar haqida qayg'uradigan odamlardir. Sportchi yugurib pul qidirmasligi kerak, har kim o'z ishini qilishi lozim. O'shanda xalqaro maydonda tartib bo'ladi. Sportchidan bayroqni olib qo'ysangiz, uni kamstigan bo'lasiz, chunki sportchi musobaqalarga o'z xalqi nomidan boradi.
Inson g'ururni aynan uning madhiyasi yangraganda, bayrog'i ko'tarilganda his qiladi.
Keling, masuliyatni jiddiy qabul qilaylik. Men uchun sport xobbi, bu ish emas, men bu erda yuragim va qalbim bilan birgaman. Bu pul topish usuli emas, balki odamlarni birlashtirish vositasi. Sport funkcionerlari bunga jiddiy yondashishlarini istardim»,-dedi IBA prezidenti Umar Kremlyov.
Fikrlar