08 iyu 13:20
Yangiliklar
Umar Kremlyov: "XOQda boshqa chora qolmagandi"
"XOQning cheklovlarni olib tashlash va o'z xatolarini tan olishdan boshqa yo'li qolmagandi. Yangi rahbariyat avvalgi boshqaruvchilarning qarorlarini qayta ko'rib chiqmoqda va noto'g'ri qarorlardan voz kechmoqda. Xalqaro federaciyalar sportchilarni himoya qilishi kerak, shohsupada esa siyosat emas, sportchilar turishi lozim.
Rossiyalik sportchilar jahon arenasiga o'z bayrog'i, o'z madhiyasi va o'z mamlakati nomidan to'liq qaytishi kerak.
Sportchi uchun bayroq va madhiya uning qalbi va ruhidir. Rossiya yirik sport davlati bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Bizning sportchilar mamlakat sharafini himoya qilish huquqi bilan munosib tarzda qaytishi kerak.
IBA XOQ avvalgi xatolaridan to'liq xalos bo'lishini kutmoqda", — dedi Kremlyov.
Fikrlar