27 dek 10:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Umar Nurmagomedov oktagonga chiqmaydigan bo'ldi, uning o'rnini boshqa rossiyalik egallaydi
Rossiyalik UFC jangchisi Umar Nurmagomedov o'zining navbatdagi jangini 2022 yilning 18 mart kuni Jek SHorga qarshi o'tkazishi kerak edi.
Lekin kutilmaganda Umar bu jangdan voz kechdi. Endi uning o'rnini Jek SHorga qarshi jangda boshqa rossiyalik sportchi Timur Valiev egallaydi.
"Umar Nurmagomedov Jek SHor bilan jang qilmaydi. Uning o'rnini Timur Valiev egallaydi. Hozircha Umarning nima sababdan jangdan voz kechgani malum emas", - deyiladi xabarda.
Malumot uchun, Timur Valiev so'nggi jangini shu yilning iyun oyida UFC Fight Night 190 turniri doirasida braziliyalik Raoni Barselosga qarshi o'tkazib, raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Jek SHor esa UFC promoushenida 4 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Bu yil u avvaliga Xanter Azur, keyin esa Lyudvik SHolinyandan ustun kelgandi.
Havola :
Manba : fightnews
Fikrlar
Dalbayob avval yozishni o'rgan shevenga xoyyam qishloqi