12 fev 05:40
Yangiliklar

Umar Nurmagomedov Zubayra Tuxugovning mag'lubiyatiga munosabat bildirdi
Eng engil vaznda rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Umar Nuragomedov hamyurti Zubayra Tuxugovning mag'lubiyati haqida fikr bildirar ekan, hakamlik borasida UFC'ga murojaat qildi.
"Zubayra bu jangni yutqazmadi, 100%. 27-30 bo'lishi mumkin emas.
UFC'ga hurmatni saqlagan holda aytish kerakki, jangchilar bu erga etib kelib, jang qilishlari uchun ko'p narsalarni boshdan kechiradilar. Ular tajribali va adolatli hakamlarga loyiq", - deb yozgan Umar o'z Twitter sahifasida.
Biroz avval, Zubayra Tuxugov Avstraliyaning Pert shahrida o'tkazilayotgan UFC 284 musobaqasi doirasida braziliyalik Elvis Brenerga hakamlar qarori bilan mag'lub bo'lgan edi.
With all the respect to the UFC, fighters go through a lot to get to where they are, and to fight. They deserve qualified and fair judges.
— Umar Nurmagomedov (@UNmgdv) February 12, 2023
Fikrlar