So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

03 fev 08:11
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash, Engil atletika, Tadbirlar

Umid Ahmadjonov Andijon olimpiya zaxiralari kolleji faoliyatidan norozi bo'ldi

O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning Andijonga safari davom etmoqda.

Kunning muhim tashriflaridan biri Andijon olimpiya zaxiralari kollejiga bo'ldi. Bu erda Ahmadjonov yosh sportchilar bilan muloqot qildi. Ularning muammolari, o'quv jarayonida yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar tinglandi.

Umuman olganda, MOQ rahbariyati tomonidan tanqidiy munosabat bildirildi. 

"Kollejga qabul qilish kvotalari, o'quvchilar soni masalasida xatoliklarga yo'l qo'yilgan. Masalan, xar yili sport maktabiga 100 nafar, kollejga 100 nafar o'quvchi qabul qilinar ekan. Bu umumiy hisobda 200 nafar yosh sportchi degani. Ushbu 200 kishilik kvota 29 hil sport yo'nalishiga taqsimlangan. Ajablanarlisi, voleybol uchun qabul qilish kvotasi uch nafarni tashkil qilar ekan. Uch nafar o'quvchi bilan qanday qilib voleybolni rivojlantirishimiz mumkin? 


Biz nima uchun jamoaviy sport turlarida oqsaymiz deb dod solamiz. Olimpiya zaxiralari kollejlarida qabul shu tarzda bo'ladigan bo'lsa, mana shunday munosabatni ko'radigan bo'lsak, qanday qilib sportning bu turini rivojlantiramiz? Birorta jamoaviy sport turida o'quvchilar to'liq jamoa shaklida qabul qilinmagan. Nafaqat voleybol, balki, basketbolda bitta guruhda uch nafar, gandbolda uch nafar, futbol olti yoki etti nafar o'quvchi bor. Vaholanki, futbolni bir jamoada 11 kishi o'ynaydi", - dedi Umid Ahmadjonov.

SHu sababli, kollejga o'qishga qabul qilish mexanizmi qayta ko'rib chiqilishi kerakligi takidlandi. Endi Olimpiya zaxiralari kollejlari Milliy olimpiya qo'mitasi nazoratiga o'tgach, bu jihatlarga albatta etibor qaratiladi. 

Undan tashqari, kollejga kirib, malum bir sport turida muvaffaqiyatga erisha olmayotgan o'quvchilarni "Nima uchun kollejda majburan ushlab turishimiz kerak? Undan ko'ra viloyatning eng iqtidorli sportchilari bu erda tahsil olsa bo'lmaydimi" degan fikrni o'rtaga tashladi Ahmadjonov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing