So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

31 may 18:50
Yangiliklar

Tadbirlar

Umid Ahmadjonov boshchiligidagi delegaciya Nukus shahriga etib bordi, ertaga katta sport festivali bo'lib o'tadi

Ertaga Qoraqalpog'iston poytaxti Nukus shahrida "1-iyun bolalarni himoya qilish kuni"ga bag'ishlangan katta sport festivali o'tkaziladi.

Ushbu festival doirasida turli sport tadbirlari tashkil qilinishi, shuningdek, maktabgacha talim muassasalari va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga prezident sovg'asi taqdim etilishi ko'zda tutilgan. Asosiy tantanalar shahar markazidagi "Turon" stadionida bo'lib o'tadi.
Soat 19:00da boshlanadigan tadbirda estrada xonandalari o'z chiqishlari bilan yig'ilganlarga yuqori kayfiyat taqdim etadilar. SHuningdek, sportchi va mashhur qo'shiqchilar maktabgacha talim muassasasi va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga, futbol festivali, velopoyga va marafon ishtirokchilariga prezident sovg'alarini ulashadilar. Soat 20:00dan so'ng Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyati futbolchilaridan tashkil topgan futbolchilarga qarshi kurash olib boradi.

Ushbu sport bayramida ishtirok etish uchun o'zbek estradasining taniqli yulduzlari ham Nukusga etib borishgan. Bugun delegaciya azolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan jo'nab ketishgandi. Ularni Nukus aeroportida sport jamoatchiligi va milliy libosdagi qizlar kutib olishdi. Tadbirda shuningdek, o'zbek futboli yulduzlari Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov, Doston Hamdamov va Jamshid Iskanderovlar ham ishtirok etadi. Qolaversa, murabbiy Ravshan Haydarov ham delegaciya bilan birga Nukusga etib borgan.

Hullas, sizu-bizni oldinda katta sport bayrami kutib turibdi. Voqealar rivojini Milliy olimpiya qo'mitasi rasmiy saytida kuzatib boring.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing