So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

01 avg 09:37
Yangiliklar

Tadbirlar

Umid Ahmadjonov MOQda Yaponiya delegaciyasini qabul qildi

Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Yaponiya Parlament guruhi Bosh kotibi o'rinbosari Keysuke Suzuki boshchiligidagi delegaciyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida janob Suzukiga KEIO sport tibbiyoti universiteti tadqiqot markazi docenti Xiroyuki Ishida, shifoxona vice-prezidenti Xiroyuki Kobayashi, Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi konsuli Atushi Suda va Yaponiya – O'zbekiston Buyuk ipak yo'li tashkiloti vakili Mansur Bahriddinov hamrohlik qilishdi.

«O'zbekistonga xush kelibsiz. Sizni bu erda ko'rib turganimizdan xursandmiz. Kelajakda sizlar bilan birgalikda ko'plab yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikda ish olib boramiz», – deb so'z boshladi Umid Ahmadjonov.

«2020 yilgacha Yaponiya biz uchun ikkinchi uy bo'ladi desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Olimpiya o'yinlari Yaponiyada o'tkazilishini eshitib juda xursand bo'lgandik. O'ylaymizki, Tokioda o'tkaziladigan Olimpiada avvalgilaridan butunlay farq qiladigan bo'ladi.

Olimpiya o'yinlariga katta delegaciya bilan borishni maqsad qilganmiz. Bu borada o'ziga xos strategiya ishlab chiqqanmiz. Yaponiya futbol federaciyasi bilan ham yaqindan hamkorlik aloqalarini o'rnatganmiz. Yaponiyalik mutaxassislar bilan birgalikda ishlash biz uchun yoqimlidir», – dedi Umid Ahmadjonov.

O'z navbatida mehmonlar yurtimizda bo'lib turganliklaridan xursand ekanliklarini, mamlakatimiz yorqin taassurot qoldirganligi haqida gapirishdi. Qolaversa, ushbu hamkorlik har ikki tomon uchun manfaatli bo'lishi haqida ham malum qilishdi.

“Toshkentga uch yil avval ham kelgandim. Qisqa vaqt ichida shaharda yuz bergan o'zgarishlarni ko'rib hayratlandim. O'zbekiston barcha sohalarda rivojlanib borayotgani xalqaro hamjamiyatning etiborini tortmoqda. Jumladan, sport sohasida ham qisqa vaqt ichida katta islohotlar olib borildi. SHu boisdan mamlakatingiz bilan hamkorlik qilishdan faqat hursand bo'lamiz”- dedi janob Suzuki.

MOQ rahbari esa O'zbekistonda yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib berdi. SHuningdek, nafaqat sport sohasida, balki savdo, investiciya sohasida ham hamkorlikdan mamnun bo'lishini, har tomonlama birga ishlashga tayyor ekanligini aytib o'tdi.

Malumki, bundan bir necha oy oldin Umid Ahmadjonov Yaponiyaga tashrifi chog'ida ham mahalliy mutaxassislar bilan uchrashib, sport tibbiyoti sohasida, sportchilarni Tokiodagi Olimpiya o'yinlariga tayyorlash bo'yicha kelishuvga erishgandi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va Yaponiyaning Maydzuru shahri meriyasi o'rtasidagi memorandumga binoan dzyudo va sport kurashlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari Olimpiadaga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini aynan ushbu shaharda olib borishadi.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov ananaga ko'ra Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan mehmonlarga esdalik sovg'alarini taqdim etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing