So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

27 fev 08:31
Yangiliklar

Tadbirlar

Umid Ahmadjonov: "Olimpiada va JCH yo'llanmasi uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak"

Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston futbol Associaciyasi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi xodimlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston Futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov ishtirok etdi. 

Yig'ilishda so'zga chiqqan Umid Ahmadjonov O'FA hamda MOQ xodimlari birgalikda yurtimizda sportni, xususan, futbolni yuqori bosqichga olib chiqish, yanada rivojlantirish uchun bir tanu bir jon bo'lib harakat qilishlari kerakligini takidlab o'tdi. 

"Bu yil oldimizda eng katta vazifa Osiyo o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish. Keyin 2019 yilda Osiyo Kubogi musobaqasi kutib turibdi. Undan so'ng esa Olimpiada hamda futbol bo'yicha Jahon chempionatiga saralash boshlanadi. Vaqt tobora kam qolyapti. Futbol muxlislari ertaga bizdan natija talab qilishadi. SHu sababdan hammamiz birgalikda harakat qilib, kuyib-pishib ishlashimiz zarur.

 Birinchi navbatda bolalar futbolida tizim yaratishimiz zarur. Belgilangan taqvim asosida bu yil mingga yaqin musobaqa o'tkazamiz deb elon qildik. Musobaqalar hududlarda bo'lib o'tmoqda. Lekin bu musobaqalarda o'zini ko'rsatgan bolalar keyin qaerga boradi? Kim ularni saralab olib, terma jamoalarga nomzod sifatida ko'rsatadi? Buning uchun selekciya ishini kuchaytirishimiz kerak. Malakali selekcionerlar kerak bo'lsa 10-15 kun viloyatlarda, yurtimizning chekka-chekka qishloqlarida yurib, u erdagi istedodli bolalarni saralab olishlari zarur. SHundagina musobaqalar o'tkazishdan samara ko'zlashimiz mumkin.

   

 Futbol maktablari va akademiyalardagi poraxo'rlik, tanish-bilishchilik kabi illatlarni yo'qotishimiz zarur. Istedodi yo'q bo'lsa ham, faqat puli borligi uchun futbol maktablarida yurgan bolalar bo'lsa, ulardan voz kechish vaqti keldi. Aksincha, qobiliyatli, istedodli bo'la turib, futbolga qatnash imkoniyatiga ega bo'lmagan kam taminlangan oilalar farzandlarini bepul futbol bilan shug'ullanishlarini taminlash kerak. Buning uchun akademiyalarga qabul jarayonlarida shaffoflikni yuzaga keltirib, faqat munosiblargina imtihonlardan o'tishini taminlashimiz darkor.

 Tokioda bo'ladigan Olimpiada musobaqasi yo'llanmasi uchun kurashadigan Olimpiya terma jamoasini hozirdan shakllantirishmiz kerak. Xitoydagi Osiyo chempionatida qo'lga kiritilgan yutuqni unutish kerak. Endi asosiy maqsad dastlab Olimpiadada ishtirok etish, keyin esa Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish. Xalq bizdan mana shuni kutyapti.

 Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol Associaciyasida ishlaydigan har bir xodim shuni chuqur his qilib, to'g'ri anglagan holda ish olib borishi kerak. SHundagina biz o'z oldimizga qo'ygan maqsadga eta olamiz”, - dedi Umid Ahmadjonov. 

 SHundan so'ng, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov so'zga chiqdi. 

 “Yurtimizda sportni, xususan, futbolni rivojlantirish yo'lida olib borilayotgan ishlar, islohotlar albatta o'z samarasini beradi. Faqat buning uchun barchamiz jonbozlik ko'rsatishimiz kerak. Sportga, futbolga aloqador har bir xodim o'z masuliyatini to'la his qilgan holda faoliyat yurtishi kerak.

 Agar kimda o'zining takliflari, fikrlari bo'lsa bemalol bildirishi mumkin. Biz barchani eshitishga, barchaning fikrini inobatga olishga harakat qilamiz. Sportning, futbolning rivojiga barchamiz masulmiz. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yaqinda tashkil etildi. Lekin oldimizda juda katta vazifalar turibdi. Agar birgalikda harakat qilsak, barcha maqsadlarimizga etamiz”, - dedi SHoakrom Isroilov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing