So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

20 fev 14:00
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

Umid Ahmadjonov O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi vakillari bilan uchrashdi

Teglar :  Sport kurashlari
Bugun, 20 fevral kuni Milliy olimpiya qo'mitasida Umid Ahmadjonov O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi vakillarini qabul qildi.

MOQ Prezidenti bilan uchrashuvda sport kurashlari associaciyasi rahbariyati, terma jamoalar murabbiylari va ushbu sport turi mutaxassislari ishtirok etishdi. Yig'ilishdan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekistonda sport kurashlarini, hususan, erkin va yunon-rum kurashlarini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat bo'ldi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti mutaxassislardan yurtimizda ushbu sport turini yanada rivojlantirish uchun nimalar qilinishi lozimligi haqida takliflarni eshitdi. Umid Ahmadjonov yurtimizda mazkur sport turi yanada taraqqiy topishi uchun rivojlanish strategiyasini yaratish borasida topshiriq berdi. MOQ rahbari sportning ushbu turini viloyatlarda ham rivojlantirish va ommaviyligini oshirish lozimligini alohida takidlab o'tdi. 

"Bundan buyon Olimpiya zaxiralari kollejlari Milliy olimpiya qo'mitasi bazasi sifatida faoliyat olib boradi. Xududiy musobaqalar tizimini yaratishimiz lozim. Ishni eng pastki bo'g'imlardan, hususan, bolalar va o'smirlar sport maktablaridan qayta ko'rib chiqish kerak. Mamlakatimiz rahbari sportni rivojlantirish borasida oldimizga katta vazifalar qo'ymoqda. Endi xar bir xalqaro musobaqa natijasi tahlil qilib boriladi. Yaxshi va kuchli sportchi tarbiyalab bergan murabbiylar, iqtidorlarni o'z vaqtida aniqlab, tarkibga kiritgan selekcioner mutaxassislar MOQ tomonidan rag'batlantiriladi. Kelajakda CHimyon va Zominda sportchilarimiz uchun o'quv-mashg'ulotlar bazasi bunyod etiladi", - dedi uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov.

O'z o'rnida murabbiylar o'rtada turgan muammolarni ochiq-oydin bayon etdilar. Bazi Olimpiya zaxiralari kollejlarida mashg'ulot zallari yo'qligi, buning natijasida sportchilar stadionlarda yoki uzoq joylarda mashg'ulot o'tkazayotganliklari takidlandi. Bazi zallarda esa haliyam eski mashg'ulot gilamlaridan foydalanilayotganligi qayd etib o'tildi. MOQ Prezidenti yaqin vaqtlar ichida barcha muammolar bartaraf etilishini, sportchilarimiz uchun etarli sharoitlar yaratib berishga tayyor ekanligini aytdi. Sport kurashlari bo'yicha alohida dastur ishlab chiqilishini va buning uchun barcha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor ekanligini malum qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing