So’nggi yangiliklar

19:02Жорий мавсум "Барселона" сардори ким бўлади? 0 18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0

05 fev 17:46
Yangiliklar

Tadbirlar

Umid Ahmadjonov va o'zbek sporti yulduzlari imkoniyati cheklangan bolalar maktablariga tashrif buyurdi

MOQ prezidenti va sportimiz yulduzlari jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatlariga tashrif buyurishdi.

Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston Futbol Associaciyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun yurtimizdagi mashhur sportchilar, Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari sovrindorlari, Osiyo chempioni bo'lgan futbolchilar va murabbiylar bilan birgalikda poytaxtimizda joylashgan 100-ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Ko'zi ojizlar maktab internatiga tashrif buyurdi. 

Bugungi tadbirlarda maxsus maktab-internatlarda tahsil olayotgan bolajonlar o'zbek sportining yulduzlari - taekvondo bo'yicha jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni  Dmitriy SHokin, sportning ushbu turi bo'yicha jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi Jasur Boyqo'ziev, boks bo'yicha Osiyo chempioni, Xalqaro toifadagi sport ustasi  Isroil Madrimov, boks bo'yicha jahon chempionati bronza medali sohibi Sanjar Tursunov, dzyudo bo'yicha Olimpiya o'yinlarining uch karra bronza medali sovrindori, ikki karra jahon chempioni Rishod Sobirov, stol tennisi bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempioni Saida Mahmudova, futbol bo'yicha o'smirlar o'rtasida jahon va Evropa chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi Mirjalol Qosimov, yaqindagina 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionligiga erishgan O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov, ushbu terma jamoa azolari, Osiyo chempionlari Rustam Ashurmatov, Xojiakbar Alijonov, Andrey Sidorov, Zabihillo O'rinboev, Jasur Yaxshiboevlar, shuningdek, XV Paralimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlari SHerzod Namozov, SHuhrat Boboev, Feruz Saidov va Gulruh Rahimovalar bilan uchrashish, ulardan dasxat olish, suratga tushish imkoniga ega bo'lishdi. 


Ushbu internatlarda tarbiyalanayotgan imkoniyati cheklangan bolalarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg'alari - futbol to'plari, sport anjomlari va Faxriy yorliqlar topshirildi.

“Bugun Sizning huzuringizga yurtimizning mashhur sportchilari, yaqindagina Osiyo chempioni bo'lgan futbolchilar va murabbiylar bilar birga keldik. Nasib etsa, bunday tashriflarni yil davomida muntazam ravishda amalga oshirib boramiz. Sizlarga ham kelgusida mashhur sportchi bo'lib, yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda himoya qilib yurishingizni tilaymiz. Birgalikda yurtimiz sportini va futbolini yuqori pog'onalarga olib chiqamiz”, - dedi Umid Ahmadjonov.

MOQ Prezidentining topshirig'iga ko'ra, endilikda yurtimizda bo'lib o'tadigan sport musobaqalari, futbol bo'yicha milliy chempionatimiz o'yinlariga mana shunday ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tarbiyalanayotgan bolalarni olib borish yo'lga qo'yiladigan bo'ldi. Bu tashabbusni sportchilar hamda murabbiylar qo'llab-quvvatlashdi.


SHuningdek, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hisobidan maktab-internatlaridagi bolajonlarni Xalqaro musobaqalarga olib borish amaliyoti ham joriy etiladigan bo'ldi.

SHundan so'ng bolajonlar maktab-internatiga tashrif buyurgan mehmonlarga o'z ko'rgazmali chiqishlarini namoyish etib berishdi. Sportimiz yulduzlarni ularning har bir harakatini olqishlab turishdi. 

O'z o'rnida maktab-internat direktori etibor uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi. "Olmazor tumanidagi 100-ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 365 nafar o'quvchilar tahsil oladilar. Bugungi tadbirdan bolajonlarimiz bir olam taassurot olishdi. Hayajonlarini yashira olishmadi. Axir ular har kuni ham Prezidentimiz nomidan, sportimiz yulduzlari qo'lidan sovg'a-salomlar olishmaydi. Bunday etibor uchun eng avvalo yurtboshimizga, qolaversa Milliy olimpiya qo'mitasiga minnatdorlik izhor etamiz” – dedi    maktab internat rahbari Tohir Matyaqubov. 

"Prezidentimiz tomonidan qaratilayotgan etibordan juda xursandmiz. Sovg'alar uchun ularga katta rahmat aytmoqchimiz. Bu etiborga munosib bo'lishga harakat qilamiz. Sovg'alarda mazza qilib futbol o'ynaymiz. Yutuqlarga erishamiz. Katta rahmat", - dedi maktabning yosh tarbiyalanuvchilaridan biri hisoblangan Samariddin Murodov.


SHundan so'ng MOQ rahbarlari va mashhur sportchilarimiz poytaxtimizdagi Ixtisoslashtirilgan ko'zi ojizlar maktab-internatiga yo'l olishdi. U erda ham o'ziga xos tadbir uyushtirildi. Unda taekvondo bo'yicha jahon chempioni Dmitriy SHokin va stol tennisi bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionatining oltin medali egasi Saida Mahmudova so'zga chiqib, o'quvchilarga yaxshi tilaklarni bildirdilar. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan aholining turli qatlamlariga etibor va g'amho'rlik ko'rsatilayotganiga alohida urg'u berdilar.  Ushbu maktab-internati o'quvchilariga ham davlatimiz rahbari va MOQ nomidan sovg'alar taqdim etildi. 

"Maktabimizda 330 nafar o'quvchi tahsil oladi. O'quvchilarning talim-tarbiya olishi, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. SHuningdek, maktabgacha bo'lgan tayyorlov guruhlarimiz ham bor. Ko'rsatilayotgan etibordan juda mamnunmiz" - dedi maktab-internat direktori Mavlon Maqsudov.

Mazkur tadbirlardan eng muhimi etiborga muhtoj bo'lgan yosh o'quvchilar xursand bo'ldilar, o'z hayajonlarini yashira olmadilar. Bugungi kun ular xotirasida bir umrga muhrlanib qolishi aniq.




Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing