So’nggi yangiliklar

14:57Шомуродов? ФИФА ЖЧ-2026 гуруҳ босқичининг энг чиройли голига номзодларни эълон қилди 0 14:23Соболенко "Уимблдон"да ўз дизайнидаги тақинчоқларда ўйнайди + ФОТО 0 13:51Асу Алмабаев UFC’да ноёб ютуққа эришди 0 13:18Усикнинг жамоасида камарларни эгасиз қолдириш қарорини изоҳлади 0 12:39Криштиану Роналду ЖЧ-2026 гуруҳ босқичи якунланганидан сўнг пост қолдирди 0 12:12Жаҳонгир Зокировнинг ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:46Самбо. Осиё-Океания чемпионатини медаллар шодаси билан якунладик 0 11:05Зокиров Zuffa Boxing'даги дебютини нокаутли ғалаба билан бошлади 0 10:17Ўзбекистон миллий терма жамоаси ФИФАнинг янгиланган онлайн рейтингида яхшигина пастлади 0 18:42Шара Буллет: "Яқин орада камарни қўлга киритаман" 0 18:30Хабиб Нурмагомедов ЖЧ-2026 плей-офф босқичида ҳайратда қолдириши мумкин бўлган жамоаларни айтди 0 17:58Зубайра Тухугов кейинги жангини UFC'даги собиқ рақибига қарши ўтказади 0 17:19Бизнинг энг нозик нуқтамиз - ...! 0 16:31Рафаэль Физиев BMF камарини кўзламоқда 0 15:45Ҳумоюн Султонов Загреб турнири ғолиби! 0

19 apr 17:33
Yangiliklar

Tadbirlar

Umid Ahmadjonov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi favqulotda va muxtor elchisi bilan uchrashdi

Sir emaski, bugungi kunda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, uni aholi orasida keng targ'ib qilish bo'yicha keng ko'lamdagi ishlar olib borilmoqda.

Umid Ahmadjonov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi favqulotda va muxtor elchisi bilan uchrashdi

Sir emaski, bugungi kunda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, uni aholi orasida keng targ'ib qilish bo'yicha keng ko'lamdagi ishlar olib borilmoqda. Olimpiya o'yinlarida, nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, munosib natijalar qayd etish yo'lida jahonning etakchi sport mamlakatlari tajribasini o'rganib, uni amalda tatbiq etish ham Milliy olimpiya qo'mitasining asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada Xitoy Xalq Respublikasining sportdagi ilg'or tajribasi o'rnak bo'la oladi desak yanglishmagan bo'lamiz.

Bugun, 19 aprel kuni Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Czyan Yan honim bilan uchrashdi.


Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari uchrashuv avvalida Xitoy Xalq Respublikasi sport sohasida dunyoning eng qudratli mamlakatlaridan biri ekanligi, mamlakatdan suzish, engil atletika, stol tennisi, velosport, sport o'yinlari kabi turlarda o'rganadigan jihatlar ko'p ekanligini, bu yo'nalishlarda tajriba almashish o'zbek sporti uchun faqat va faqat foyda bo'lishini aytib o'tdi.

O'z navbatida elchi honim tashkil qilingan uchrashuv uchun Umid Ahmadjonovga minnatdorchilik bildirib o'tdi.

"Avvalo, vaqt ajratib biz bilan uchrashganingiz uchun rahmat. Xitoy nafaqat siz qayd etib o'tgan sport turlari bo'yicha, balki yirik kompleks musobaqalar, jumladan Olimpiya va Osiyo o'yinlarini o'tkazish masalasida boy tajribaga ega.

SHuni aytib o'tishni istardimki, O'zbekiston bazi sport turlarida Xitoydan ham kuchli. Masalan, 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilaringiz Xitoyda o'tkazilgan Osiyo chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritishdi. Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi nafaqat qitada, balki butun jahonda etakchilik qilmoqda. Biz ham bu borada sizlardan ko'p narsa o'rganishimiz mumkin bo'ladi.

Qolaversa, sport sohasida sizning boy tajribangiz borligidan xabarimiz bor. Boshqaruvingizda o'zbekistonlik paralimpiyachilar Riodagi Paralimpiya o'yinlarida qanday olamshumul natijalar qayd etganini yaxshi bilamiz. Ishonamizki, siz Milliy olimpiya qo'mitasi rahbarligida ham yuksak natijalarga erisha olasiz", - dedi elchi Czyan Yan.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov kelasi oyda Xitoyga tashrif buyurish rejasi bor ekanligini, mamlakat Milliy olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlik o'rnatish, Olimpiya harakati va sportni rivojlantirish uchun Xitoydan malakali maslahatchi murabbiylar taklif qilish istagida ekanligini malum qildi.


Mehmon bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar kelajakda albatta o'z mevasini berishini aytib o'tdi.

"Mamlakatingiz rahbari sportni rivojlantirish uchun keng ko'lamda islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu harakatlar, qolaversa sportchilarning munosib rag'batlantirilishi kelajakda ulkan natijalar uchun katta turtki bo'ladi", - dedi elchi honim.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan mehmonga esdalik sovg'alarini topshirdi. Keyin esa tomonlar Milliy olimpiya qo'mitasi muzeyini tomosha qilishdi. Tadbir nihoyasida Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari shuningdek, OAV xodimlariga intervyu berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing