So’nggi yangiliklar

19:45Ислам Махачев нега Иэн Гаррига қарши жанг қилиш қийин бўлганини айтди 0 19:05“Арсенал” юлдуз вингерини фақат бир шарт билан сотишга тайёр 0 18:28"Гарри билан жанг Ислам фаолиятидаги энг оғир жанглардан бири бўлди" - Махачевнинг мураббийи 0 17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0

18 may 08:58
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar, Bolalar sporti

“Umid nihollari -2018”. Qashqadaryoda g'oliblar taqdirlandi

Kecha Qarshi shahridagi amfiteatrda umumiy o'rta talim maktab o'quvchilari o'rtasidagi “Umid nihollari” sport musobaqalarining Qashqadaryo viloyat yakuniy final bosqichining g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Sport bayrami avvalida sanatkorlarning musiqiy dasturi namoyish etildi. Unda taniqli sanat ustalari  go'zal diyorimizni madh etuvchi kuy-qo'shiqlari bilansportchilar, murabbiylar va marosimga yig'ilgan keng jamoatchilikni hushnud etdi. Bir necha sport turlaridan ko'rgazmali chiqishlar sport bayramiga o'zgacha ko'rk-tarovat bag'ishladi. SHundan so'ng, g'oliblarni tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Dastlab, musobaqaning uchinchi o'rin sohiblari bo'lgan CHiroqchi tumani jamoasi sahnaga taklif etildi. Ularga qimmatbaho esdalik sovg'asi - televizor hamda diplom va kubok taqdim etildi. Uni O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirining birinchi o'rinbosari Qodirjon Bekturdiev topshirdi.

Ikkinchi o'rinni egallagan SHaxrisabz tumani jamoasiga kompyuter jamlanmasi, diplom va kubokni O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov topshirdi. 

Nihoyat, birinchi o'rinni qo'lga kiritgan Koson tumani jamoasiga diplom, kubok va Prezident sovg'asi – “Damas” rusumli avtomobil tuhfa qilindi. Faxrli birinchi o'rin uchun ajratilgan sovg'ani Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro'ziev tantanali ravishda topshirdi va barcha sportchi-yoshlarni sport bayrami bilan qutladi.

SHu kuni oltin, kumush va bronza medallarini  qo'lga kiritgan jamoalar qalbida, yuz-ko'zida o'ziga xos g'urur, shijoat va iftixor tuyg'usi ufurib turgan bo'lsa, kuchli uchlikka erisha olmagan jamoalar ham mashg'ulotlarga zo'r berib, “Biz ham albatta, bunday yutuqlarga erishamiz”, deya maqsad qilgan bo'lsa ajab emas. Bunday ezgu-maqsadlar yoshlarimizda jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan oshnoligi ko'payaveradi, ommaviylik oshib boraveradi.

- Bu yilgi bahslar o'ziga xos qizg'in tarzda tashkil etildi, - deydi Koson tumani BO'SM direktori Anvar Ergashev. – Final bosqichiga etib kelish oson kechmadi. O'tgan yili viloyat bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritish uchun harakat qilgandik. Lekin ochkolarimiz etmagani boisi ikkinchi o'rinni band etgan edik. SHogirdlarimizning mashg'ulotlarga zo'r berishi natijasida ko'zlagan maqsadimizga erishib, faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdik. Mazkur “Umid nihollari 2018” musobaqalarida g'olib bo'lgan o'quvchilarimiz yaqin kelajakda milliy terma jamoalarimizga munosib nomzod bo'lishi tayin. Terma jamoalar tarkibiga yangi iqtidorlarni etkazib berish va sportchilarimiz xalqaro sport maydonlarida muvaffaqiyatlarga erishishi orqali Yurtimiz bayrog'ini baland hilpirashi, madhiyamiz sadolari baralla yangrashi bosh maqsadlarimizdan sanaladi.  

“Umid nihollari-2018” yakuniga etdi. Biroq, eng quvonarlisi, kuchli uchlikdan joy olgan o'quvchilarimiz orasida milliy terma jamoalarimizga munosib nomzodlar bo'y ko'rsatdi. Bugun medallarga ega bo'lgan sportchi-o'quvchilarimiz yaqin kelajakda xalqaro musobaqalarning g'oliblariga aylanishi bor haqiqat. Zero, buning uchun bizda sharoit ham, imkoniyat ham etarli.


Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing