16 okt 17:28
Yangiliklar
Sport kurashlari, Olimpiya o'yinlari
Umidjon Jalolov: "Vatanim uchun oltin medal qo'lga kirita olganimdan xursandman"
Xabaringiz bor, kecha erkin kurashchimiz Umidjon Jalolov o'smirlar Olimpiya o'yinlarida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalga ega chiqqandi.
16 yoshli sportchimiz ushbu muvaffaqiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Vatanim uchun oltin medal qo'lga kirita olganimdan xursandman. Yarim finalda turkiyalik raqibga qarshi jang qiyin bo'ldi. Ammo, shunga qaramay bahsni o'z foydamga hal qila oldim va finalga chiqdim. Hal qiluvchi jangda esa gruziyalik sportchidan ustun keldim. Gruziyada sport kurashlari juda rivojlangan. SHu sababli, raqibim ham kuchli edi. Bu erga oltin medal uchun kelgandim va oldimga qo'yilgan vazifani bajardim", - dedi sportchi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar