25 dek 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA

"Unda imkoniyat yo'q". Sexudo CHimaevni mag'lub etishi mumkin bo'lgan yagona jangchini aytdi
O'ta engil va eng engil vazn bo'yicha UFC sobiq chempioni Genri Sexudo kelib chiqishi chechenistonlik, hozirda SHveciya nomidan jang qilayotgan Xamzat CHimaev haqida gapirdi.
Sexudoning fikriga ko'ra, Xamzat faqatgina yarimog'ir vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usmanga engilishi mumkin.
"Men bu jangchini ko'rib aqldan ozdim. Uning Kolbi Kovingtonni mag'lub etishiga ishonaman va u vazniga ko'ra 170 funtgacha bo'lgan boshqa kattaroq jangchilarni ham mag'lub eta oladi. CHimaevni engishi mumkin bo'lgan yagona jangchi — bu Kamaru Usman. Unda imkoniyat yo'q va bu hazil emas", — deya Sexudoning so'zlarini keltiradi "Sportskee".
Eslatib o'tamiz, CHimaev so'nggi jangini UFC 267 turniri doirasida xitoylik Li Jianlianga qarshi o'tkazgandi. Xamzat raqibini birinchi raundning 4-daqiqasida bo'g'ish usuli orqali mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : MMAJunkie
Fikrlar