01 okt 17:05
Yangiliklar
Boks/MMA

"Unga boshqacha munosabatmi?". Xabibni UFC qoidalarini buzganlikda ayblashdi
UFCning Yangi Zelandiyalik jangchisi Den Xukerning fikricha, Xabib Nurmagomedov UFCning koronavirus bo'yicha qoidalarini buzdi.
"UFC 253 turnirida Xabibni Zubayra Tuxugovning burchagida ko'rish g'alati bo'ldi. Uni aniq ko'rdim. SHunchaki kuzatayotgandim. Men Xabibni boshqa shouda ham ko'rgandim. U UAE Warriors turnirida ham bor edi.
Aniqroq aytadigan bo'lsak, Xabib Tuxugovvning burchagida turgunga qadar, 48 soat to'lmasidan boshqa shouda chiqqandi. Men ko'rganimni gapiryapman. U Abu-Dabidagi shouda bo'ldi va oradan 48 soat o'tmay turib, 48 soatlik majburiy karantinda bo'lmay turib, UFC jangchisining burchagida chiqib keldi.
Unga boshqacha munosabatmi? UFC, gap nimada?", - dedi Xuker.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar