So’nggi yangiliklar

09:52Чимаев — Стрикленд титул жангининг ҳакамлар ҳужжатидан кўчирма эълон қилинди (ФОТО) 0 09:45Хамзат Чимаевнинг Шон Стриклендга қарши чемпионлик жанги тўлиқ давом этди 0 08:46Рамазон Темировнинг вазнида чемпионлик жанги ўтказилди 0 08:22Александр Волков UFC'да навбатдаги ғалабасини қўлга киритди 0 00:07Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" йирик ҳисобда зафар қучди, Шомуродовда 1+1, Файзуллаев ҳам захирадан тушиб гол урди (ВИДЕО) 0 23:48Баҳодир Жалолов ва Жавоҳир Умматалиевнинг Манчестердаги ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 23:21Баҳодир Жалоловнинг Манчестердаги жанги етти раунд давом этди 0 22:17Жавоҳир Умматалиев профессионал боксдаги иккинчи жангини ўтказди 0 19:02Мария Тимофеева Истанбулдаги WTA 125 турнири финалига чиқди 0 18:29Хаби Алонсо янги клуби билан музокаралар ўтказди 0 18:00Тошкентда ўтган илк ACA турнири учун қанча чипта сотилгани маълум бўлди 0 17:33Ёш оғир атлетикачиларимиз жаҳон чемпионатида 4 та медалга сазовор бўлишди 0 16:58Ўзбекистон дзюдо федерацияси ТерДУ билан ҳамкорликни йўлга қўяди 0 16:37Ўтмишга назар. Тошкентда "Пахтакор" ва Ўзбекистон МТЖ билан ўйнаган Нидерландия клуби 0 16:16Баҳодир Жалолов: "Насиб қилса, у билан ҳали бир кун рингда тўқнаш келамиз" 0

22 iyu 18:58
Yangiliklar

Boks/MMA

"Unga sovrin kerak emas!" - Fyurining agenti Taysonni oqlashga harakat qildi

Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren mijozi nima sababdan aynan Frensis Ngannu bilan jang qilishga rozi bo'lganini aytdi.

Uning aytishicha, britaniyalik jangchining jamoasi munosib raqib izlagan, ammo barcha yulduzlar taklifga rad javobini berishgan.

"Titulni himoya qilmoqchi bo'lyapmiz. Ilk navbatda buning uchun tijoriy mazmun ham ega bo'lishi kerak. Biz bu erga 20 mln dollar so'rayotgan Endi Ruisni yo'latmasligimiz kerak edi. Bundan mano ham yo'q.

SHuningdek, yana shunday holatlar borki, boshqalar titulni istamayapti. Joshua yaqindagina "mashg'ulot" jangini o'tkazdi. Biroq keyinchalik Taysonni mag'lub eta oladigan jangchi bilan bellashishini va unda 40 foiz gonorarni olishini aytdi. 

Bularning hammasi bemanilik, ular shunchaki bahona izlash bilan band bo'lishmoqda. Biz o'tgan yilning dekabridan buyon bu yo'lni bosib o'tishga harakat qilyapmiz, juda ko'p vaqt yo'qotdik. Agarda barchasi shunday kechishini bilganimizda, shunchaki vaqt o'tkazmasdik.

Biz ham, Tayson ham, umuman olganda barcha muxlislar ko'rishni istayotgan janglar bo'ladi va shu sababli Usikka murojaat bilan chiqdik. CHunki bu boradagi eng yaxshi variant aynan u edi. Ammo ular rad qilishdi va boshqasini izlashdi. Mana endi barchasi avvalgidek qolib ketdi", - dedi Uorren.

Fyuri va Ngannu o'rtasidagi jang 28 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing