29 may 07:30
Yangiliklar
Boks/MMA
"Uni oilasining ko'z o'ngida sharmanda qilaman". Topuriya Carukyanning jag'ini sindirishga vada berdi
UFC chempioni Iliya Topuriya Arman Carukyanga qarshi ehtimoliy jang haqidagi savolga javob qaytardi.
"Men uni hammaning ko'z o'ngida sharmanda qilaman, chunki u o'zini juda zo'r deb hisoblaydi. Go'yo u Olimpiya chempioni, dunyodagi eng yaxshi kurashchiday yuradi. Ammo oktagonga kirganda, og'ayni, bu erda men qirolman. Bu erda men istagan ishimni qilaman. Men Armanga birinchi raunddayoq jag'ini sindirishimni aytganman.
U jang boshlanishi bilan meni parterga o'tkazishga urinadi. Lekin bu unchalik oson emasligini tushunib etadi. Ayniqsa, meni erda ushlab turish — bu umuman boshqa masala. Sen aqldan ozgansan. SHundan keyin u sarosimaga tushadi va men uning jag'ini sindiraman — bam! Hamma muxlislari va oilasi ko'z o'ngida", — dedi Topuriya.
Havola :
Manba : KirmiziKoseMM
O’xshash yangiliklar
09:53
"Seni ringda o'ldirib qo'ygan bo'lardim". Bokschi Iliya Topuriyaning chaqiruviga javob berdi 0
Fikrlar