02 fev 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
"Uning gaplarini jiddiy qabul qilmayman". Volkanovski - Carukyan haqida
Volkanovski UFC engil vazn reytingida ikkinchi o'rinda turgan Arman Carukyanning jang taklifini jiddiy qabul qilmasligini bildirdi.
"Arman rostdan ham menga chaqiriq tashladimi? Bilmayman. U baland bo'yli emas, lekin juda baquvvat. U yarim engil vaznga tusha oladimi? Ishonchim komil emas. Lekin yana aytaman — men istalgan joyda, istalgan raqib bilan jang qilishga tayyorman. Bu, albatta, ajoyib chaqiriq bo'lardi. Biroq uning gaplarini jiddiy qabul qilmayman, chunki Arman engil vaznda chempionlik jangini olishi kerak edi. Balki u hazil qilayotgandir. Bu masalaga jiddiy yondashmayman. Menda yana ikki jiddiy davogar bor — Movsar va Leron", — dedi Volkanovski UFC 325 turniridan keyingi matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar