07 jan 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Uning ovozini o'chirib qo'yishmoqchi: Vettori Jeyk Polni jangga chaqirdi
O'rta vazn jangchisi blogerni ovozini o'chirish niyatida.
UFC prezidenti Dana Uayt o'z jangchilariga UFC tashqarisida jang qilishni taqiqlagan bo'lishiga qaramasdan, Marvin Vettori bokschi va bloger Jeyk Polni jangga chaqirdi.
"Ey, Feyk Pol, kel sparring tashkil qilamiz. Xohlagan pulingdan garov o'ynaymiz, sen olti raunddan uyog'iga o'tmaysan. Erkakka o'xshab harakat qil. Men qanday boks tushishingni ko'rmoqchiman", - deb yozadi Marvin Vettori o'zining tvitter sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Vettori o'zining UFC'dagi so'nggi jangida Paulo Kostani ochkolar hisobiga mag'lubga uchratgandi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar