28 fev 11:23
Yangiliklar
“Universiada-2020”: Samarqand mezbonlik qilgan navbatdagi musobaqa yakunlandi
Avval xabar berganimizdek, Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik liceyi sport zalida o'tkazilgan musobaqaning ushbu bosqichida 14 ta hududdan saralab olingan 4 ta jamoa – Qoraqalpog'iston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Toshkent viloyati va Samarqand viloyati jamoalari g'oliblik uchun kurash olib bordi.
Musobaqa davomida barcha raqiblarini mag'lub eta olgan Toshkent viloyati gandbolchi qizlari birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Turnirning ikkinchi pog'onasi mezbon – Samarqand viloyati jamoasiga nasib etgan bo'lsa, uchinchi o'rinni farg'onalik gandbolchi qizlar egallashdi.
Kecha musobaqaning tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi. G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanishdi.
Malumot uchun, ushbu “kichik olimpiada”ning erkaklar o'rtasidagi bahslarida ham Toshkent viloyati gandbolchilari g'oliblikni qo'lga kiritgan edi.
Fikrlar