29 iyu 16:13
Yangiliklar
Universiada o'yinlari. Tennischi qizlarimiz g'alaba bilan boshlashdi
Ushu bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari Darya Latisheva nandao, Aziz Qahramonov esa changkuan dasturida chiqish qilishdi. Ammo ularning ko'rsatgan natijalari medal uchun etarli bo'lmadi.
Tennischi qizlarimiz esa ilk davra uchrashuvini g'alaba bilan yakunlashdi. Nasiba Espolova 75 daqiqa davom etgan bahsda avstraliyalik Aleksandra Veyrni 6/4, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Omina Valixonova esa zambiyalik Kuin Sakalaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/1, 6/0. Ushbu uchrashuv 45 daqiqa davom etgan.
Endi Nasiba Espolova ikkinchi bosqichda turnirning sakkizinchi raketkasi, yaponiyalik Ikumi Yamazakiga, Omina Valixonova esa musobaqada ikkinchi raqam ostida tasniflangan Xitoy Taypeyi vakilasi Liang En-SHuoga qarshi kortga chiqadi. O'zbekistonlik tennischilarning raqibalari ikkinchi davraga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olgan.
Fikrlar